Как стать счастливее и уверенно идти к своим целям? Все ответы — в книге «Сам себе государство. Как совершить революцию в жизни». Подпишитесь на рассылку, чтобы не пропустить предзаказ Profil videolari, 2 GB fayl ulashish, guruh statistikasi, yaxshilangan “Yaqin-atrofdagi odamlar” va boshqalar

Profil videolari, 2 GB fayl ulashish, guruh statistikasi, yaxshilangan “Yaqin-atrofdagi odamlar” va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Profil videolari, yaxshilangan Yaqin-atrofdagi odamlar, 2 GB fayl ulashish va boshqalarni taqdim etamiz

Bugungi yangilanish Profil videolari bilan bir qatorda Yaqin-atrofdagi odamlar funksiyasiga kiritilgan yangiliklar, har biri 2 gigabaytgacha boʻlgan fayllarni cheksiz ulashish, chatlar roʻyxati va bildirishnomalaringiz uchun kichik eskizlar, guruh statistikasi va boshqa koʻplab yangiliklarni taqdim etadi.

Profil videolari

Endi statik rasm oʻrniga sahifangizga video yuklashingiz hamda undan istalgan kadrni chatlarda koʻrsatiladigan rasm sifatida tanlashingiz mumkin. Harakatlanayotgan vaqtingizni videoga oling yoki xuddi Garri Potterdagi sehrli surat kabi odamlarga koʻz qising va qoʻlingizni silkiting.

Xuddi siz yuklaydigan istalgan video kabi mediafayl tahrirlagich sizga sifatni yaxshilashga yoki oʻzingizni animatsiyali stikerlar bilan bezatishga yordam beradi.

Kayfiyatingiz oʻzgarganda “Asosiy sifatida oʻrnatish” tugmasini bosib, tezda avvalgi rasm yoki videoga qaytarishingiz mumkin. Vaqtni ortga qaytarish va abadiy yosh boʻlib qolishga juda mos keladi.

Silliq teri effekti

Old kamera yordamida olinadigan har qanday rasm yoki video mediafayl tahrirlagichda terini silliqlash funksiyasiga ega boʻladi. Lekin, bu sizga betakror koʻrinish uchun kerak emas, siz busiz ham betakrorsiz.

Yaxshilangan “Yaqin-atrofdagi odamlar”

Profil videolari yangi odamlar bilan tanishishni oʻnlab marta qiziqarliroq qiladi va biz shu sababli Yaqin-atrofdagi odamlar boʻlimini yaxshiladik.

Odamlar Yaqin-atrofdagi odamlar boʻlimi orqali sizga bogʻlanganida ular sizdan qancha masofada ekanligini koʻrasiz. Yaqin-atrofdagi kimdir bilan suhbatni boshlaganingizda, Telegram suhbatni boshlash qulay boʻlishi uchun salomlashuv xabarini taklif qiladi. Yaxshiyamki, barcha stikerlarimiz kirishuvchandir.

Yaxshilangan Yaqin-atrofdagi odamlar

Odamlar yangi jasur dunyoga qadam qoʻyar ekan, yangi doʻstlar orttirish va yer aholisini qayta koʻpaytirishning stikerlar toʻplamlaringizni taqqoslashning ayni vaqti. Kontaktlar > Yaqin-atrofdagi odamlar rukniga kiring va “Meni koʻrinadigan qilish” bandini yoqing.

Kichik eskizlar

Hech kiruvchi rasm shunchaki yana bitta mem yoki siz kutayotgan selfi ekanligiga qiziqqanmisiz? Yangi chat eskizlari yordamida xabarda qanday mediafayl mavjudligini darhol bilib oling.

Chatlar roʻyxatida kichik eskizlar

Yangi eskizlar bildirishnomalar va xabarlar qidiruvi natijalarida ham paydo boʻladi. Mushuk rasmini hech qachon qayta yoʻqotmang.

Razm solishlar haqida yana biroz, chatni ochmasdan xabarlarga razm solish uchun profil rasmini bosib turishingiz mumkin. Bunday imkoniyat 2018-yilda paydo boʻlgan edi, lekin intuitsiyamiz u haqida shu yerda va hozir eslatishimiz kerakligini bildirdi.

Kontakt emaslardan yangi chatlarni filtrlash

Yaqin-atrofdagi odamlar va 200 000 aʼzogacha guruhlar yordamida suhbat qurish uchun har doim kimnidir topishingiz mumkin. Jamoat arboblarida baʼzan aksincha muammo boʻladi va ular oladigan eʼtiborni kamaytirishni xohlashlari mumkin — biz buni hal qildik.

Agar koʻplab xabarlar olayotgan boʻlsangiz, kontakt emaslardan yangi chatlarni avtomatik ravishda arxivlash va sukut qilish uchun Maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarida yangi almashtirgichni sinang. Istalgan paytda bu chatlarga Arxiv jildidan kirishingiz va bitta bosish bilan asosiy chatlar roʻyxatiga qaytarishingiz mumkin.

Guruh statistikasi

500 nafardan ortiq aʼzoga ega katta guruhlar egalari faoliyati va oʻsishi haqidagi chiroyli batafsil grafiklarni koʻrishlari mumkin. Guruh statistikasi xabarlar soni va xabarlarida oʻrtacha qancha belgi mavjudligiga koʻra eng faol aʼzolar roʻyxatini ham koʻrsatadi.

Aytgancha, Kanal statiskasini olish uchun minimal sondagi foydalanuvchilar ham 500 nafarga kamaytirildi. 🎉 Biz yaqin kelajakda guruh statistikasiga 100 nafar yoki undan koʻproq aʼzoli barcha guruhlar administratorlari uchun kirish imkoniyatini yaratmoqchimiz.

Android uchun yangilanishlar

Android uchun ilovada musiqa pleyeri yangi ikonkalar va kengayuvchi taronalar roʻyxati bilan dizayni yangilandi. Taronalarni takrorlash, aralashtirish va teskari tartibda ijro etish uchun chap tomondagi tugmani bosing, shunda pleylistingiz siz bilan xuddi oyda yurish raqsini ijro etadi.

Xabarlarni kiritish maydonchasi uzun xabar terayotganingizda ravon kattalashib boradi. Video tahrirlagich endi vertikal videoga olayotganingizni berkitishda yordam berish uchun videolarni qirqish va aylantirish imkonini beradi.

Telegram Desktopʼda bir nechta hisob

Telegam hisobingizdan chiqmasdan 3 tagacha telefon raqamlari orasida almashtirish imkonini beradi. Mobil qurilmalar foydalanuvchilarimiz ushbu funksiyadan 2017-yildan buyon foydalanishmoqda va endi uni bir nechta platformali Telegram Desktop ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Har doimgidek, bu telefoningizga faol ulanishni talab qilmaydi – barcha ilovalarimiz toʻliq mustaqil.

Yangi animatsiyali emojilar

Bizning animatsiyali emojilar armiyamiz oʻsishda davom etmoqda (eslatma: kattaroq baraklar quring). Ulardan birini 👇 chatda olish uchun shunchaki bitta emojili xabar yuboring va uning tirilishini tomosha qiling.

Ehtiyot boʻling, ulardan bittasi tishlab oladi, lekin sizga qaysi biriligini ayta olmaymiz.

Agar interaktiv biror narsa qidirayotgan boʻlsangiz, gol ura olishingizni sinash uchun istalgan chatga bitta ⚽️ emojisini yuboring.

Yirik fayllar

2014-yildan buyon, Telegram har biri 1,5 GB gacha boʻlgan fayllarni yuborish imkonini berar edi. Bu 16 MB ga (negadir xayolga keluvchi umuman tasodifiy raqam) nisbatan 93 marta kattaroq.

Endi Telegram foydalanuvchilari har biri 2 GB gacha boʻlgan istalgan turdagi va cheklanmagan miqdordagi fayllarni yuborishi mumkin.


Hozircha shular. Biz yilning oʻrtasidamiz va ortimizda sakkizta katta yangilanish, oldimizda esa uzoq kutilgan funksiyalar. Kuzatib boring!


2020-yil, 26-iyul
Telegram jamoasi